Yorug'i bor,
O'zi yo'q,
Dovrug'i bor,
Ovozi bor. (Yashin, momaqaldiroq)
Novcha yigit tom teshar. (Yomg'ir)
Saman otim soy yoqalab keladi. (Sel)
Qora tuyam qochyapti,
Qumalog'in sochyapti. (Bulut, do'l)
Tomdan tuxum irg'itdim. (Do'l)
Gilam ustida oq bodroq. (Do'l)
Oppoqqina dasturxon,
Er yuzini qoplagan. (Qor)
Oq tovuq,
Katagi sovuq. (Qor)
Oqqina tovuq xirmon sochar. (Qor)
Oq sigir turib ketdi,
Qora sigir yotib qoldi. (Qor, er)
Qo'lsiz, oyoqsiz gul soladi. (Sovuq, deraza qirovi)
Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuk, (Qish, yoz)
Ariqdan oyna oldim. (Muz)
Oqsoq jo'ja er qazir
Javobni koʼrsat
Tomchi