Topishmoq

Chang‘aroqda qo‘sh chiroq
U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
Uy ustida sari yoy
U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
Zarna yerda qo‘sh to‘la
U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
Hovuzi bor, suvi yo‘q
U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
Qator-qator qora nor
U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
Uy ortida qo‘sh terak
U ne bo‘ldi, bolqanto‘z?
(Chang‘aroqda qo‘sh chiroq
Ko‘z degani emasmi?
Uy ustida sari yoy
Qosh degani emasmi?
Zarna yerda qo‘sh to‘la
Burun degan emasmi?
Hovuzi bor, suvi yo‘q
Og‘iz degan emasmi?
Qator-qator qora nor
Soch degani emasmi
Uy ortida ko‘sh terak
Soch o‘rimi emasmi?)
Besh otim
Beshovi ham qashqa otim

Javobni koʼrsat

Barmoqlar

Boshqa topishmoqlar

Loyiha haqida

Topishmoq.uz saytiga xush kelibsiz! Bu yerda oʼzbek xalq topishmoqlari toʼplami jamlangan. 1400 dan ortiq topishmoq va ularning javoblari bolalar va kattalar uchun moʼljallangan. Teglar orqali qidiruv va qulay navigatsiya mavjud.