Bu yoqqa o'tdim, bildingmi?
Oq quvrayning boshini,
Chertib o'tdim, bildingmi? (Shamol)
Qamish boshi qaltiroq,
Jilg'a tubi jaltiroq. (Shamol, suv) U yog'i alan, bu yog'i alan,
O'rtasi ola to'polon. (Chang)
Adrasman tubida
Ola sichqon o'ynaydi. (Quyun)
Kelar
-ketar, izi yo'q,
Qaragali ko'zi yo'q. (Shamol)
Bir tol o'sdi to ko'kka qadar,
Bu tolning o'n ikki shoxi bor.
Har shoxida to'rttadan uya bor,
Har uyada ettitadan tuxum bor,
Har tuxumning yarmi qoradir ko'rsang,
Yarmi oppoqdir, topgan bo'lsang. (yil, o'n ikki oy, hafta, kun, kecha
-kunduz)
To'qqiz jondorni uch jondor egan. (To'qqiz oy ishlaysiz, uch oy eysiz — qish)
Bir palak,
Bir palakda
O'n ikki handalak,
Bu handalakning o'n birini eb,
Bittasini eya olmadik
Javobni koʼrsat
yil, o'n ikki oy, bir oy ro'za